Aziz yurtdoshlar, muhtaram vatandoshlar!
Avvalo, siz azizlarni bugungi qutlug‘ ayyom- o‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Darhaqiqat, inson uchun kindik qoni to‘kilgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va moʻtabardir. Shubhasizki, buyuk allomalarimizning «Barcha ezguliklar tildan boshlanadi”, degan so‘zlarida teran haqiqat mujassam.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini oshirish borasida ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomizning “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, degan dono o`gitlariga amal qilgan holda, yurtimizda til masalasida olib borilayotgan davlat siyosati inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlarga har tomonlama uyg‘un va hamohangdir.
Sizlarni yana bir bor O‘zbek tili bayrami bilan samimiy qutlagan holda barchangizga mustahkam salomatlik, oilangizga qut-baraka, tinchlik va farovonlik tilaymiz.Ona tilimizning so‘nmas ziyosi ong-u tafakkurimiz, qalblarimizni hamisha yoritib tursin!
Hurmat bilan, BMB HOLDING jamoasi!