Kompaniya 2017-yil 4-aprelda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda uning xizmatlaridan 1000 dan ortiq xorijiy kompaniyalar foydalanmoqda.
Kompaniyaning asosiy faoliyati investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, xalqaro biznes va savdo aloqalarini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, iqtisodiyotning turli sohalarida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va zamonaviy agro-sanoat klasterlarini yaratishga qaratilgan. O‘tgan qisqa davr mobaynida kompaniya iqtisodiyotning turli sohalariga dadil kirib bordi va quyidagi sho‘ba korxonalar hamda qo‘shma korxonalarni tashkil etdi:Shuningdek, 1,5 milliard AQSh dollari miqdoridagi qo‘shma investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda kompaniya tizimining kengayishi boshqaruvning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirishni talab etmoqda. Jahon bozorlariga chiqqan va e’tirof etilgan ushbu kompaniya tarkibidagi tashkilotlar soni 30 taga yetdi va uning ko‘lami sezilarli darajada kengaydi. Kelgusida kompaniya sho‘ba va qo‘shma korxonalar aktivlari bilan birga boshqa korxonalarning nazorat paketlarini ham o‘z ichiga oladigan aksiyadorlik jamiyatini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Shu sababli, kompaniya tarkibidagi tashkilotlarni birlashtirish va oldiga qo‘yilgan ulkan vazifalarni bajarish maqsadida holding shaklida faoliyat yuritishga qaror qildi. Shu maqsadda kompaniya nomi BMB Trade Group dan BMB HOLDING ga o‘zgartirildi. BMB HOLDING tarkibiga kiruvchi sho‘ba korxonalar va qo‘shma korxonalar rebrending natijasida o‘z nomi va faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirdi. Tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirgan holding endilikda xalqaro moliyaviy institutlar, banklar va jahon standartlariga muvofiq faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy kompaniyalar bilan keng ko‘lamli hamkorlik o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Rebrendingning maqsadi — O‘zbekiston tadbirkorlariga yaratilayotgan imkoniyatlar natijalarini butun dunyoga munosib namoyish etishga hissa qo‘shish, ochiqlik (shaffoflik) siyosatini amalga oshirish, mamlakat brendini Yevropa va boshqa davlatlarga tizimli ravishda taqdim etish, o‘z faoliyati orqali mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish hamda iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdir.Holding faoliyati qishloq xo‘jaligi (oziq-ovqat mahsulotlari, meva-sabzavotlar va dori-darmon o‘simliklari klasterlarini yaratish), turizm (mehmonxonalar va restoranlar tarmog‘i), transport-logistika obyektlarini qurish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qurilish faoliyati, mamlakatimizda sportni rivojlantirish va qator ijtimoiy hamda iqtisodiy loyihalarni amalga oshiruvchi boshqa kompaniyalar bilan bog‘liq.
Kompaniyamiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda xalq va davlat oldida mas’uliyatini chuqur his qiladi. Shu sababli biz o‘z faoliyatimizni qishloq xo‘jaligi sohasida olib boramiz.Kompaniyaning sho‘ba korxonalari qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Ulardan biri — BMB Agro korxonasi bo‘lib, Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida 1200 gektardan ortiq maydonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiradi.
Bundan tashqari, ushbu tarmoqqa Jizzax viloyatining Baxmal tumanida joylashgan, dorivor o‘simliklar yetishtirish, ularni qayta ishlash va dorivor preparatlar hamda efir moylarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan BMB Shifo filiali ham jalb etilgan. Kompaniyamizning sho‘ba korxonasi BMB Impex esa mevalar, sabzavotlar va boshqa mahsulotlarning muntazam eksporti va importiga ixtisoslashgan. Biz uchun har bir biznes hamkor muhim. Biz nafaqat hamkor, balki ishonchli biznes yordamchi bo‘lishga intilamiz. Shu bois, ko‘plab mijozlarimiz yillar davomida kompaniyamiz bilan hamkorlik qilib kelmoqda.